Jurnal sayti uchun sunʼiy intellekt xizmatlari

Tahririyatning eng koʻp vaqt oladigan ishlarini sunʼiy intellektga topshiring: maqolani kiritish va mualliflarning takroriy savollariga javob berish.

Narxlar va nimalar kiradi

Quick AI Submit

3 mln soʻm

PDF yuklaysiz, metamaʼlumotlarni AI toʻldiradi, siz tekshirib chop etasiz.

  • PDF'dan sarlavha, mualliflar, annotatsiya va kalit soʻzlarni olish
  • Chop etishdan oldin tekshirish va tuzatish imkoni
  • Sonni tanlab, bir bosishda chop etish
  • OJS'ning Quick Submit vositasi oʻrnini bosadi

AI chatbot

3 mln soʻm

Saytdagi chatbot mualliflar savoliga jurnal maʼlumotlari asosida javob beradi.

  • ChatGPT, Claude, Gemini yoki boshqa xizmatga ulash
  • Jurnal talablari va muddatlari asosida javob berish
  • Koʻrinishni sayt dizayniga moslash
  • Sinab, ishchi holatda topshirish

AI xizmati (API) toʻlovi narxga kirmaydi, uni tanlangan provayderga oʻzingiz toʻlaysiz.

Nazorat doim tahririyatda qoladi

Sunʼiy intellekt baʼzan xato qilishi mumkin. Shuning uchun Quick AI Submit maqolani siz tekshirib, «Chop etish» tugmasini bosganingizdan keyingina nashr qiladi. Chatbot esa faqat jurnal maʼlumotlari doirasida javob beradigan qilib sozlanadi.

Savollar

Mening OJS versiyamga mos keladimi?

Ariza qoldiring, versiyangizni tekshirib, ulash mumkinligini aytamiz.

API uchun kim toʻlaydi?

Buyurtmachi. Toʻlov foydalanish hajmiga qarab tanlangan provayder tomonidan hisoblanadi.