Jurnalga Crossref DOI ulash

DOI maqolaning doimiy manzili. Crossref aʼzoligi uchun arizani topshiramiz va OJS saytingizni DOI bilan ishlashga sozlaymiz.

Narxlar va nimalar kiradi

Crossref aʼzolik arizasi

3 mln soʻm

Jurnal yoki nashriyotni Crossref aʼzosi qilish uchun ariza.

  • Jurnal va nashriyot maʼlumotlarini tahlil qilish
  • Talab qilinadigan maʼlumotlarni tayyorlash
  • Arizani Crossref'ga yuborish
  • Qoʻshimcha savollarga javob tayyorlash
  • Jarayonni tasdiqlanguncha kuzatish

Crossref aʼzolik va DOI roʻyxatga olish toʻlovlari narxga kirmaydi.

DOI ni OJS saytiga ulash

2 mln soʻm

Crossref aʼzosi boʻlgan jurnal saytini DOI bilan ishlashga sozlash.

  • OJS'da DOI funksiyalarini yoqish
  • DOI prefiks va formatini sozlash
  • Crossref plaginlarini sozlash
  • Crossref hisobini OJS bilan bogʻlash
  • Test DOI va metamaʼlumot yuborish
  • Aniqlangan xatolarni tuzatish

Eski maqolalarga ommaviy DOI biriktirish alohida baholanadi.

Crossref'ning oʻz toʻlovlari, bank va konvertatsiya xarajatlari narxga kirmaydi.

DOI nima va nega kerak?

DOI (Digital Object Identifier) maqolaga bir umrga beriladigan oʻzgarmas identifikator. Sayt manzili oʻzgarsa ham DOI havolasi ishlayveradi. DOI iqtiboslarni kuzatish uchun asos boʻladi va xalqaro bazalarda deyarli majburiy talab hisoblanadi.

Jarayon qanday oʻtadi?

Avval jurnal yoki nashriyot Crossref'ga aʼzo boʻladi. Aʼzolik tasdiqlangach, OJS sayti DOI bilan ishlashga sozlanadi: yangi maqolalarga DOI avtomatik biriktiriladi va metamaʼlumotlar Crossref'ga yuboriladi.

Savollar

DOI qanday ishlaydi?

Har maqolaga noyob raqam beriladi, masalan 10.12345/abc. Bu raqam Crossref bazasida maqolaning joriy manziliga bogʻlanadi.

Crossref uchun yillik toʻlov bormi?

Ha, Crossref'ning aʼzolik va DOI roʻyxatga olish uchun oʻz toʻlovlari bor. Ular xizmat narxiga kirmaydi, ishni boshlashdan oldin ularni tushuntiramiz.

Eski maqolalarga ham DOI berish mumkinmi?

Ha, mumkin. Bu alohida ish boʻlib, maqolalar soniga qarab baholanadi.