Ilmiy jurnal uchun OJS sayt yaratish

OJS maqola qabul qilish, taqriz va chop etishni bitta saytda birlashtiradi. Biz uni jurnalingiz uchun oʻrnatamiz, sozlaymiz va ishlashni oʻrgatamiz.

Narxlar va nimalar kiradi

Oddiy

2,5 mln soʻm

Jurnalni tez va tejamkor ishga tushirish uchun.

  • OJS tizimini serverga oʻrnatish
  • Jurnal nomi va asosiy maʼlumotlarini kiritish
  • Boʻlimlar va jurnal tuzilmasini sozlash
  • Maqola yuborish jarayonini sozlash
  • Muallif, muharrir va administrator rollari
  • Mobil qurilmalarda ishlashini tekshirish
  • SSL sertifikati va HTTPS
  • Saytni ishchi holatda topshirish

Premium

5 mln soʻm

Oddiy tarifdagi hamma ish, ustiga jurnal koʻrinishi va tahririyat sahifalari.

  • Oddiy tarifdagi barcha ishlar
  • Bosh sahifani jurnal yoʻnalishiga moslash
  • Logotip va vizual materiallarni joylashtirish
  • Menyular va asosiy sahifalarni shakllantirish
  • Tahrir hayʼati sahifasi
  • Mualliflar uchun talablar sahifasi
  • Tahrir siyosati va etika sahifalari
  • Email xabarnomalarini sozlash

Domen va hostingni buyurtmachi oʻzi xarid qiladi, ular tarif narxiga kirmaydi.

OJS nima va nega aynan u?

OJS (Open Journal Systems) ilmiy jurnallarni onlayn yuritish uchun dunyoda eng keng tarqalgan ochiq platforma. Unda maqola yuborish, muharrir va taqrizchilar bilan ishlash, sonlarni shakllantirish va arxiv bitta tizimda boshqariladi. Google Scholar, Crossref va boshqa indekslar OJS bilan yaxshi ishlaydi.

Qaysi tarifni tanlash kerak?

Oddiy tarif yangi jurnalni tez ishga tushirmoqchi boʻlganlar uchun. Premium tarif jurnalning koʻrinishi, tahrir hayʼati va mualliflar uchun sahifalar ham tayyor boʻlishini istaganlar uchun. Ikkilansangiz, ariza qoldiring, birga tanlaymiz.

Saytdan keyin nima kerak boʻladi?

Sayt jurnalning poydevori. Keyingi qadamlar: OAV guvohnomasi, ISSN raqami va maqolalar uchun DOI. Ularni alohida xizmat sifatida buyurtma qilish mumkin.

Savollar

Tariflar orasidagi farq nima?

Oddiy tarifda OJS oʻrnatiladi, sozlanadi va ishchi holatda topshiriladi. Premium tarifda bunga qoʻshimcha ravishda bosh sahifa, menyular, tahrir hayʼati va mualliflar sahifalari hamda email xabarnomalari tayyorlanadi.

Sayt qancha vaqtda tayyor boʻladi?

Oddiy tarif odatda bir necha kunda, Premium esa bir-ikki haftada tayyor boʻladi. Aniq muddat buyurtma paytida kelishiladi.

Domen va hosting kerakmi?

Ha. Ularni buyurtmachi oʻzi xarid qiladi. Qaysi hosting mos kelishini oldindan maslahat beramiz.

Sayt telefonda ishlaydimi va HTTPS bormi?

Ha. Mobil moslik va SSL sertifikati Oddiy tarifga ham kiradi.