OAV guvohnomasi va ISSN raqami olish
OAV guvohnomasi jurnalga nashr qilish huquqini beradi, ISSN esa uni xalqaro tizimlarda tanitadi. Ikkala ariza uchun hujjatlarni tayyorlab, topshiramiz.
Narxlar va nimalar kiradi
OAV guvohnomasi
5 mln soʻm
Jurnalni ommaviy axborot vositasi sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish.
- Kerakli hujjatlar boʻyicha tushuntirish
- Maʼlumotlarni dastlabki tekshirish
- Hujjatlarni talab qilingan shaklda tayyorlash
- Arizani topshirishda amaliy yordam
- Koʻrsatilgan kamchiliklarni tuzatish
- Jarayonni guvohnoma olinguncha kuzatish
Davlat boji, notarial, pochta va tarjima xarajatlari narxga kirmaydi. Yakuniy qarorni vakolatli davlat organi qabul qiladi.
ISSN raqami
3 mln soʻm
Jurnal uchun xalqaro ISSN raqamini olishga ariza.
- Jurnal maʼlumotlarini tayyorlash
- Ariza shaklini toʻldirish
- Kerakli hujjatlarni shakllantirish
- Topshirish jarayonida yordam
ISSN berish boʻyicha yakuniy qarorni ISSN markazi qabul qiladi.
Davlat boji va boshqa rasmiy toʻlovlar narxga kirmaydi.
ISSN nima?
ISSN (International Standard Serial Number) davriy nashrning xalqaro identifikatori. U jurnalni kutubxonalar va ilmiy bazalarda bir xil tanitadi. Bosma va elektron nashr uchun alohida ISSN beriladi. ISSN boʻlmasa, jurnalni koʻpchilik xalqaro indekslarga kiritib boʻlmaydi.
OAV guvohnomasi nima?
OAV guvohnomasi jurnalni ommaviy axborot vositasi sifatida davlat roʻyxatiga olish hujjati. Oʻzbekistonda jurnalni rasmiy nashr qilish uchun u zarur. Hujjatlar toʻgʻri tayyorlansa, jarayon ancha tez va muammosiz oʻtadi.
Savollar
ISSN olish qancha vaqt oladi?
Hujjatlar toʻgʻri tayyorlangan boʻlsa, odatda bir necha hafta.
OAV guvohnomasi ham, ISSN ham shartmi?
Rasmiy va indekslanadigan jurnal uchun ikkalasi ham kerak: guvohnoma nashr huquqini beradi, ISSN xalqaro tanilishni taʼminlaydi.
Guvohnoma berilishini kafolatlaysizmi?
Yakuniy qarorni davlat organi yoki ISSN markazi chiqaradi, buni hech kim kafolatlay olmaydi. Biz hujjatlarni talablarga toʻliq moslab tayyorlaymiz.