Foydalanish shartlari
1. Umumiy shartlar
Saytdan foydalanish orqali siz ushbu shartlarni qabul qilasiz.
2. Xizmatlar
NashrPro ilmiy jurnal ochish, OJS sayt yaratish, OAV guvohnomasi va ISSN uchun hujjat tayyorlash, Crossref DOI ulash va texnik yordam xizmatlarini koʻrsatadi. Har bir buyurtma alohida shartnoma asosida bajariladi.
3. Muddatlar
Muddatlar shartnomada kelishiladi. OAV guvohnomasi va ISSN muddatlari davlat idoralari va ISSN markaziga bogʻliq, ulardagi kechikish uchun NashrPro javobgar emas.
4. Toʻlov
Toʻlov shartnomada koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi. Davlat boji, domen, hosting va Crossref kabi uchinchi tomon toʻlovlari xizmat narxiga kirmaydi.
5. Javobgarlik
Biz ishni kelishilgan hajm va sifatda bajaramiz. Indekslarga qabul qilish va davlat organlarining qarorlari bizga bogʻliq emas. Biz hujjatlar va saytni talablarga toʻliq moslashtirish uchun javob beramiz.
6. Intellektual mulk
Saytdagi matnlar, dizayn va logotip NashrPro mulki hisoblanadi. Ulardan ruxsatsiz foydalanish taqiqlanadi.