Oʻzbekistonda ilmiy jurnal ochish

Jurnal ochish toʻrt bosqichdan iborat: sayt, davlat roʻyxati, ISSN va DOI. Har birida yordam beramiz, narxlarni oldindan ochiq aytamiz.

Narxlar va nimalar kiradi

OJS jurnal sayti

dan 2,5 mln soʻm

Ikki tarif: Oddiy va Premium.

OAV guvohnomasi

5 mln soʻm

Jurnalni davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

ISSN raqami

3 mln soʻm

Xalqaro seriya raqami uchun ariza.

Crossref DOI

5 mln soʻm

Aʼzolik arizasi va saytga ulash.

Davlat boji, domen, hosting va Crossref toʻlovlari narxga kirmaydi, ular alohida toʻlanadi.

Jurnal ochish bosqichlari

Zamonaviy ilmiy jurnal quyidagi bosqichlardan oʻtadi. Bosqichlar bir-biriga bogʻliq emas, shuning uchun kerakligini alohida tanlashingiz mumkin.

  • OJS sayt: maqola qabul qilish, taqriz va chop etish uchun platforma
  • OAV guvohnomasi: jurnalni ommaviy axborot vositasi sifatida davlat roʻyxatiga olish
  • ISSN: bosma va elektron nashr uchun xalqaro seriya raqami
  • Crossref DOI: har bir maqola uchun doimiy raqamli identifikator

Nimadan boshlash kerak?

Koʻpchilik uchun eng qulay boshlanish nuqtasi jurnal sayti. OJS sayti maqola qabul qilish, taqriz va arxivni bitta joyda boshqaradi, xalqaro indekslar ham ishlab turgan saytni talab qiladi. Sayt tayyor boʻlgach, OAV guvohnomasi va ISSN hujjatlarini parallel tayyorlash mumkin.

Ish qanday kechadi

  • Bogʻlanish: telefon yoki Telegram orqali ehtiyojingizni aniqlaymiz
  • Kelishuv: ish hajmi, narx va muddatni oldindan yozib qoʻyamiz
  • Bajarish: saytni oʻrnatamiz, hujjatlarni tayyorlaymiz
  • Topshirish: tayyor ishni topshiramiz va tahririyatga foydalanishni oʻrgatamiz

Savollar

Ilmiy jurnal ochish uchun nima kerak?

Asosan OAV guvohnomasi, ISSN raqami, OJS jurnal sayti va tahrir hayʼati kerak. Keyinchalik Crossref DOI va indekslarga tayyorgarlik qoʻshiladi.

Jurnal ochish qancha vaqt oladi?

Sayt odatda bir-ikki haftada tayyor boʻladi. OAV guvohnomasi va ISSN davlat idoralari koʻrib chiqishiga bogʻliq, odatda bir necha hafta.

Ilmiy jurnal ochish qancha turadi?

Sayt, OAV guvohnomasi va ISSN birgalikda 10,5 mln soʻmdan boshlanadi. DOI qoʻshilsa, 15,5 mln soʻm boʻladi. Davlat boji va uchinchi tomon toʻlovlari alohida.

Hamma bosqichni bir joyda qildirsa boʻladimi?

Ha. Saytdan DOI gacha barcha bosqichlarni bitta jamoa olib boradi, lekin har birini alohida buyurtma qilish ham mumkin.