OJS saytini tiklash, koʻchirish va yangilash

Sayt ochilmay qolsa yoki buzilsa, sababini topamiz va qayta ishga tushiramiz. Domen, hosting va OJS versiyasini maʼlumotlarni yoʻqotmasdan almashtiramiz.

Narxlar va nimalar kiradi

Saytni tiklash

1 mln soʻm

Ochilmay qolgan yoki buzilgan saytni qayta ishga tushirish.

  • Sayt va serverni diagnostika qilish
  • Zararli fayl va kodlarni tozalash
  • Administrator hisoblarini tekshirish
  • Zaxira nusxadan maʼlumotlarni tiklash
  • Bazaviy xavfsizlik choralari

Domen almashtirish

300 ming soʻm

Saytni yangi manzilga oʻtkazish va eski havolalarni yoʻnaltirish.

  • Zaxira nusxa
  • Havolalarni yangi domenga oʻtkazish
  • Eski manzildan yoʻnaltirish
  • HTTPS sozlash

Hostingga koʻchirish

500 ming soʻm

Saytni yangi server yoki hostingga koʻchirish.

  • Toʻliq zaxira nusxa
  • Fayllar va bazani koʻchirish
  • Yangi muhitga moslash
  • HTTPS sozlash

OJS versiyasini yangilash

200 ming soʻm

Eski OJS'ni xavfsiz yangi versiyaga oʻtkazish.

  • Zaxira nusxa
  • OJS'ni yangilash
  • Plagin va mavzularni tekshirish

Yangi domen yoki hosting xaridi narxga kirmaydi.

Sayt nega ochilmay qoladi?

  • Domen yoki hosting muddati tugagan
  • Server xotirasi toʻlgan yoki maʼlumotlar bazasida xato
  • Yangilanishdan keyin plagin mos kelmay qolgan
  • Saytga zararli kod tushgan va hosting uni bloklagan

Buzilishning oldini olish

  • OJS va plaginlarni muntazam yangilab turing
  • Har bir xizmat uchun murakkab va alohida parol ishlating
  • Zaxira nusxani muntazam oling va boshqa joyda saqlang
  • Keraksiz plagin va foydalanuvchi hisoblarini oʻchiring

Savollar

Sayt ochilmasa, birinchi navbatda nima qilish kerak?

Domen va hosting muddatini tekshiring. Zaxira nusxalarni saqlab qoʻying va hech narsani oʻchirmang, keyin biz bilan bogʻlaning.

Zaxira nusxa boʻlmasa, tiklab boʻladimi?

Koʻp hollarda qisman tiklash mumkin. Aniq javobni diagnostikadan keyin beramiz.

Ish paytida sayt toʻxtab qoladimi?

Koʻchirish va yangilash paytida sayt qisqa vaqtga ochilmasligi mumkin. Vaqtni siz bilan oldindan kelishamiz.